PFL O‘zbekiston Oliy ligasi 9-tur bahslarini boshqarib boradigan hakamlar nomini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Ushbu turda 16-may kuni “Andijon” jamoasi o‘z maydonida “Navbahor”ni qabul qiladi. Vodiy derbisini boshqarish zimmasi Osiyoning 5 karra eng yaxshi hakami Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasiga yuklatildi.
Ermatovga qanotlarda doimgidek Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam beradi. Uchrashuv nazoratchi hakami etib Alisher Abdullayev tayinlandi.
Izoh (0)