Tailand sudi ruhiy kasallikdan aziyat chekuvchi 65 yoshli ayolni qirolning portretini haqorat qilganlikda aybdor deb topib, bir yilga ozodlikdan mahrum etdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Qayd etilishicha, hodisa 2012-yil Bangkokda sodir bo‘lgan. Dastlab kasalligi tufayli ayolga shartli jazo tayinlangan. Biroq yakunda appelyatsiya muassasasi buni haqiqiy jazoga almashtirdi.
“Sudlanuvchining o‘zini tutishi dahshatli. Uning harakatlari atrofdagilarga o‘rnak bo‘lmasligi lozim”, − dedi sudya.
Izoh (0)