O‘zbekistonda 2015-yilning oxiriga qadar chakana savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida to‘lov terminallari sonini 180 ming donaga yetkazish rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi UzDaily.
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 6-may kuni qabul qilgan “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorida naqd pulsiz hisob-kitob qilish tizimini rivojlantirish choralari ko‘zda tutilgan.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda elektron hamyondan to‘lovlarni uzluksiz qabul qilish uchun tijorat banklari tomonidan 163 mingdan oshiq chakana savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari to‘lov terminallari bilan ta’minlangan. O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar soni esa 14 millionga yetgan.
Izoh (0)