Rossiya hukumati AQShning telekommunikatsiya uchun mo‘ljallangan “Intelsat DiElEy-2” kosmik apparati Qozog‘iston hududida joylashgan Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan uchirilishini ta’minlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
Hujjat apparatning Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan “Proton−M” raketa tashuvchisi va “Briz−M” bloki yordamida uchirilishi bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasini, jumladan Rossiya Mudofaa vazirligi kuchlari va vositalaridan foydalanish, xorijlik mutaxassislarni kosmodromga kiritishni tasdiqlaydi.
Telesat kompaniyasi buyurtmasiga binoan Space System Loral firmasi tomonidan tayyorlangan “Intelsat DiElEy-2” kosmik apparatini Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan uchirish to‘g‘risidagi shartnoma 2012-yilda imzolangan.
Izoh (0)