Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichiga kirishish oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
Jahon Chempionati saralashining ikkinchi bosqichi o‘yinlari 11 iyunь kuni start olsa-da, birinchi turda Mirjalol Qosimov shogirdlari dam oladi. Ushbu vaziyatdan foydalanib, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Eron terma jamoasiga qarshi, 11-iyun sanasida Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish borasida kelishuvga erishdi.
O‘zbekiston saralash bosqichidagi dastlabki uchrashuvini 15-iyun kuni, Shimoliy Koreyaga qarshi safarda o‘tkazadi.
Izoh (0)