KXDR kiberurushlar olib boorish bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini oshirmoqda. Bu haqda Janubiy Koreya Mudofaa vazirligigi asoslanib “Renxap” axborot agentligi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Pxenyan o‘z xakerlari sonini 6,8 minggacha oshirdi, ulardan 1700 nafari professionallar bo‘lsa, 5,1 ming nafari qo‘llab-quvvatlash guruhidir”, − deydi vazirlik vakili. Qayd etilishicha, bu o‘tgan yil oktabr oyida e’lon qilingan hisobotdagidan 900 kishiga ko‘pdir.
Seul KXDRni Janubiy Koreyaning AESlari haqidagi ma’lumotlarini o‘g‘irlab internetda chop etishda, AQSh esa Kim Chen In haqida film suratga olgan Sony Pictures kinokompaniyasi tarmog‘iga uyushtirilgan xakerlik hujumida ayblab keladi.
Izoh (0)