Farg‘ona shahar Yangi asr ko‘chasida istiqomat qiluvchi shaxs mahallasidan bir tanishi o‘tib ketayotganini ko‘rdi, deb xabar beradi “Postda”.
U tanishidan uyali telefonini berib turishini so‘radi va uning ko‘zini shamg‘alat qilib, qochib ketdi. Telefonidan ayrilgan jabrlanuvchi ichki ishlar idoralariga xabar berdi.
Qo‘lga tushgan huquqbuzar tergov jarayonida “hazillashgan edim” deb bahona qilib, jazodan qutilib qolmoqchi bo‘ldi, deyiladi manbada.
Izoh (0)