Halokatga uchragan “Boing-777” yo‘lovchilarining so‘nggi jasadlari solingan yettita tobut “Xarkov” xalqaro aeroportidan Niderlandiyaga jo‘natildi, deya xabar bermoqda “Liga.Novosti”.
Aeroportdagi marhumlar bilan vidolashuv marosimida Niderlandiya, Avstriya va Malayziyaning Ukrainadagi elchilari bilan bir qatorda Niderlandiya Qirolligi xavfsizlik va adliya vaziri Gerard Adrian Van Der Styur qatnashdi.
Jasadlar Niderlandiyada identifikatsiya qilinadi va oilalariga topshiriladi.
Ayni paytda samolyot bo‘laklari Niderlandiya Xavfsizlik kengashi tomonidan o‘rganilmoqda, ish qachon sudga berilishi noma’lum.
Izoh (0)