Kembridj gersog va gersoginyasi Uilyam va Keyt 2-may kuni tug‘ilganiga bir necha soat bo‘lgan qizlarini Britaniya xalqiga birinchi marta namoyish etdi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Yosh ota-ona Londondagi avliyo Mariya kasalxonasini tark etish chog‘ida u yerda to‘planib turgan OAV vakillari va oddiy britaniyaliklar havasini qondirish maqsadida muassasaning markaziy kirish eshigida birrovga paydo bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Keyt Middlton 2-may kuni 3,71 kg og‘irlikdagi qiz farzandni dunyoga keltirdi.
Avvalroq Shahzoda Uilyam va Keyt Middlton qiz ko‘rsa, uni malika Diana sharafiga nomlamoqchi ekanligi xabar berilgan edi.
Izoh (0)