Iyun oyida 100 yoshga kiradigan amerikalik milliarder Devid Rokfellerning yuragi oltinchi marta almashtirilgani haqida tarqalgan xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi.
Bu safargi operatsiya xususiy xirurg tomonidan o‘tkazilgani va u olti sutka davom etgani, bir sutkadan keyinoq Rokfeller matbuot anjumani o‘tkazgani, jurnalistlarga 200 yoshgacha yashashni rejalashtirayotganini, uzoq umr ko‘rish siri hayotga bo‘lgan muhabbatida ekanligini aytgani haqidagi xabar ko‘plab OAVlar tomonidan tarqatilgan.
Yangilik manbasi hazil va yolg‘on xabarlarga ixtisoslashgan World News Daily Report bo‘lgan. Avvalroq aynan ushbu sayt Merilin Monroning qotili, shuningdek Oder daryosidan tutilgan ulkan laqqa baliq ichidan inson suyaklari va Ikkinchi jahon urushi davriga tegishli metall belgi topilgani haqida xabar tarqatgan edi.
Izoh (0)