Nepalda 25-aprel kuni sodir bo‘lgan 7,9 magnitudali zilziladan so‘ng qayta tiklash ishlariga kamida 2 milliard dollar zarur bo‘ladi, deya xabar bermoqda “TASS” mamlakat moliya vaziri Ram Sharan Maxatga tayanib.
“Bu dastlabki hisob-kitoblar, xolos, — dedi u. — Ofatdan yetgan zararni aniq hisoblab chiqishga yana vaqt kerak bo‘ladi”.
Maxatning qo‘shimcha qilishicha, ushbu summa tarkibiga uylar, kasalxonalar, hukumat muassasalari, tarixiy obidalarni tiklash kiradi.
Avvalroq Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha milliy markaz zilzilaning 138 mingdan ortiq uy va 10 mingdan ziyod hukumat muassasalari binolarini butunlay vayron qilganini xabar bergan edi. Yana 120 mingta uy va 13 mingta hukumat tashkilotlariga turli darajada zarar yetgan.
Izoh (0)