Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avstriya yadro quroli fojiali gumanitar oqibatlarni keltirib chiqarishini inobatga olib, uni taqiqlashga da’vat etdi. Bu haqda Avstriya tashqi ishlar vaziri Sebastyan Kurs Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma (YaQTSh) anjumanida gapirar ekan, ushbu tashabbusni 159 ta davlat qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab o‘tdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: AP

Foto: AP

“Yadro quroli boshqa hech qachon ishlatilmasligini kafolatlashning yagona usuli — uni to‘liq yo‘q qilish”, — dedi Kurs.

Tashabbusni YaQTShga a’zo mamlakatlarning 159 tasi qo‘llab-quvvatlasa-da, u yadro davlatlari va Xavfsizlik kengashining veto huquqiga ega a’zolari — AQSh, Britaniya, Fransiya, Rossiya va Xitoy tomonidan yoqlanmaydi.

Yadro quroliga ega ekanligi ehtimoli bo‘lgan davlatlar — Isroil, Pokiston, Hindiston va KXDR ham ushbu tashabbus tarafdorlari safiga kirmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Guruhlarda hazil yoki kinoya qilib aytgan gaplarimni ham chiqarib yuboradigan jurnalistlar bor” — Shohrux G‘iyosov
Mahalliy
“Ko‘pchilik meni yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblaydi” — Shohrux G‘iyosov jurnalist va blogerlarning o‘ziga munosabati haqida gapirdi
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi