AQShning Merilend shtati Baltimor shahridagi norozilik harakati ishtirokchilaridan biri ko‘chaning qoq o‘rtasida Maykl Jekson qo‘shig‘iga raqs tushib, o‘ziga e’tibor qaratdi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Yigit pop qiroli uslubida kiyinib olgan holda aynan unga xos tarzda raqs tushdi.
Eslatib o‘tamiz, qo‘lga olingan qora tanli erkakning o‘limidan keyin kelib chiqqan norozilik tufayli politsiya va mahalliy aholi o‘rtasida yana to‘qnashuvlar boshlanganidan so‘ng Merilend gubernatori Lari Xogan 27-aprel kuni favqulodda holat joriy qilgandi.
Izoh (0)