Yaqinda konsert dasturi videotasvirini muxlislar e’tiboriga havola etgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva “Parvoz etay” nomli qo‘shig‘iga klip suratga oldi, deb xabar beradi “Darakchi” gazetasi.
Xonandalar Sarvar va Komil tomonidan yaratilgan qo‘shiqqa klip rejissyor Jasur Shametov tomonidan tasvirga olindi. 2 kun mehnat sarf etilgan klipda Rayhon haykaltarosh qiz obrazida gavdalanadi.
Manbada qo‘shimcha qilinishicha, xonanda may oyida Istanbulga gastrol safariga jo‘nab ketishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)