Ispaniyaning Valensiya va Palma-de-Malyorka shaharlari orasida reys amalga oshirayotgan “Sorrento” paromi bortida yong‘in kelib chiqdi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Ispaniya dengiz qutqaruv zimati ma’lumotlariga ko‘ra, kema bortida bo‘lgan 157 nafar yo‘lovchining barchasi qutqaruv qayiqlarida evakuatsiya qilingan. Balear orollari portlari boshqarmasi yonayotgan kema cho‘kib ketishi xavfi borligini ma’lum qilgan.
Malyorkadan 35 milya masofada bo‘lgan hodisa joyiga parom tegishli bo‘lgan kompaniyaning shu hududda bo‘lgan kemalari jo‘natilgan va ular yo‘lovchilarni olib qaytgan. Uch nafar ekipaj a’zosi vertolyotda evakuatsiya qilingan.
Izoh (0)