Filippin prezidenti Benigno Akino o‘lim jazosiga hukum qilingan filippinlik ayol Meri-Jeyn Fiesta Velosoning qatlini kechiktirgani uchun Indoneziya prezidenti Joko Vidodoga minnatdorchilik bildirdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Biz Jakartaning adolatini e’tirof etmoqchimiz. Rasmiylar yangi ma’lumotga ega bo‘lgan edi. Bundan tashqari, hamkasblarimizga Velosoni Indoneziyaga borishga undagan sabablarni tushungani uchun minnatdorchilik bildiramiz. U yaxshi hayot izlagan edi, buning o‘rniga jinoyatchilar tarmog‘iga tushib qoldi”, — dedi prezidentning vakili Xermino Koloma.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 47 yoshli sudlanuvchining Indoneziya va Filippinda narkotiklar savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoyatchilar guruhi haqidagi ko‘rsatmalari o‘lim jazosini umrbod qamoq jazosiga almashtirishga yordam beradi.
Izoh (0)