Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro kechki payt ko‘chada ketayotganida uning yo‘lini ikki shaxs to‘sib chiqdi, deb xabar beradi “Postda” gazetasi.
Yo‘lto‘sarlar fuqaroning Nokia rusumli uyali telefoni va 216 ming so‘m pulini tortib oldi. Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida yo‘lto‘sarlar tezda qo‘lga olindi.
Zo‘ravonlikni ushbu tumanda yashovchi shaxslar sodir etgani aniqlanib, ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ayni damda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)