Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShda go‘daklarning uchdan bir qismi smartfon va planshetlardan foydalanishni gapirish va yurishga o‘rganishdan oldin boshlaydi. Bu haqda pediatrlar San-Diegoda bo‘lib o‘tgan kongressda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda EurekAlert ilmiy portali.

Foto: medicaldaily.com

Foto: medicaldaily.com

AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, go‘daklar turli devayslardan foydalanishni ikki yoshligida boshlashi aytilsa-da, kichikroq bolalarning odatlari hali unchalik ma’lum emas edi. Olimlar bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida 20 savoldan iborat so‘rovnoma orqali tajriba o‘tkazdi.

So‘rovda ishtirok etgan 370 nafar ota-onaning 97 foizi uyida televizor, 83 foizida planshet, 77 foizida smartfon, 59 foizida simli internet borligi ma’lum bo‘ldi. Bir yoshga to‘lmagan bolalarning 52 foizi televizor ko‘rishi, 36 foizi sensorli qurilmalarda ishlashi, 24 foizi mobil qurilmalar orqali qo‘ng‘iroq qilishi, 15 foizi mobil ilovalardan foydalanishi, 12 foizi videoo‘yinlar o‘ynashi qayd etilgan.

Ota-onalarning 73 foizi uy yig‘ishtirayotganda, 60 foizi o‘z ishlari bilan mashg‘ulligida, 65 foizi bolalarni tinchlantirish uchun, 29 foizi uxlatish uchun go‘daklarni gadjetlar bilan yolg‘iz qoldirishini ma’lum qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi