Nepaldagi zilzila qurbonlari soni 4264 nafarga yetdi. Bu haqda, Nepal Ichki ishlar vazirligining Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha milliy markaziga asoslanib, “Sinxua” axborot agentligi xabar bermoqda.
Qayd etishlaricha, zilzila natijasida tan jarohati olganlar soni 7 ming kishidan oshib ketgan.
Avvalroq, Nepaldagi zilzila 8 million kishining turmushini izdan chiqargani haqida xabar berilgan edi.
Shuningdek, Nepalning 1,4 millionga yaqin aholisi oziq-ovqat yordamiga ehtiyoj sezayotgani ham ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)