Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSHning Luiziana shtatida bo‘ron temiryo‘l ko‘prigida harakatlanib ketayotgan poyezd vagonlarini ag‘darib tashladi. Bu haqda Nur.kz xabar bermoqda.

Foto: Huffington Post

Foto: Huffington Post

Xabar berishlaricha, 11ta vagon 15 metr balandlikdan yerga qulagan. Hodisa shtat fuqarolaridan birining avtomobilidagi videoregistratorga yozib olingan.

https://youtu.be/1WQp8taIYXs

Ag‘darilgan vagonlarda zaharli moddalar bo‘lmagan, vagonlar ag‘darilgan joy avtomobillar harakatiga mo‘ljallangan hudud emas edi. Hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan.

Ma’lumot uchun, Luizianadagi bo‘ron natijasida Elmvud va Baton-Ruj shaharlari eng ko‘p jabr ko‘rgan, sinib ketgan daraxtlar o‘nlab avtomobillarga zarar yetkazgan.

Ko‘chalarda avtomobillar harakati og‘irlashgan, elektr simlarining uzilib ketgani natijasida o‘n minglab aholi chiroqsiz qolgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Buxoroda bir qancha oilaviy bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi 
Mahalliy
Germaniyada aviatsiya xodimlari ish tashlashi tufayli Uzbekistan Airways Frankfurtga parvozni bekor qildi
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda