Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kanada shimoli-sharqidagi Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida dinozavrlarning qadimiy so‘qmog‘i topildi, deb xabar bermoqda “TASS”. “Yo‘l” Uilliston ko‘li yaqinida, provinsiyaning eng yirik shahri bo‘lmish Vankuverdan 1,5 ming kilometr masofada joylashgan.

Arxiv. Foto: EPA

Arxiv. Foto: EPA

Ancha qadimiyligiga qaramay, so‘qmoqda yo‘qolib ketgan jonivorlarning toshlarda va qoyalarda saqlanib qolgan izlarini uchratish mumkin. Paleontologlarning fikricha, ushbu so‘qmoqdan o‘tgan 20 dan ortiq turdagi jonivorlarning yuzlab izlari yaxshi holatda saqlangan.

So‘qmoqning ko‘rinarli qismi uchta futbol maydoniga teng, yoshi esa 115—117 million yil deb taxmin qilinmoqda. Kanadalik paleontologlar ushbu topilma nafaqat ilmiy izlanishlar uchun, balki sayyohlarni jalb qilish uchun foyda berishini kutmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?