Nepal prezidenti Ram Baran Yadav qarorgohi yonida ro‘y bergan kuchli zilzilalar tufayli 26-aprelga o‘tar kechasini ko‘chaga o‘rnatilgan chodirda o‘tkazdi, deya xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
India TV telekanali prezident ma’muriyatidagi manbasiga tayanib ma’lum qilishicha, keyingi yer silkinishlari qarorgohni vayron qilishidan xavfsirab, prezident bilan birga uning chodiri yaqinida soqchilar ham tunagan.
Eslatib o‘tamiz, Nepalda 25-aprel kuni ro‘y bergan 7,4 magnitudali kuchli zilziladan so‘ng, keyingi bir sutka davomida 30 dan ortiq takroriy zilzila bo‘lib o‘tgani, halok bo‘lganlar soni 2000 dan oshib ketgani xabar berilgan edi.
AQSh Geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, ba’zi aftershoklarning kuchi 6 ballgacha yetgan bo‘lib, bu infratuzilmalarning buzilishi va odamlarning halok bo‘lishiga sabab bo‘luvchi kuchli yerosti silkinishi hisoblanadi.
Izoh (0)