Qozog‘istonda prezidentlik saylovlarida ovoz berish yakunlandi, deya xabar bermoqda “Vedomosti”. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ovoz berishda saylovchilarning 95,11 foizi qatnashgan. Saylovning dastlabki natijalari bugun, 27-aprel kuni e’lon qilinadi.
Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Vladimir Fors aytishicha, ayni paytda saylovchilar ovozlarini hisoblash ishlari olib borilmoqda. Qonunchilikka muvofiq, bunga hisob-kitob boshlangan paytdan 12 soat vaqt beriladi.
Respublikaning 14 ta viloyatida ham saylovchilar ishtiroki ko‘rsatkichi 95 foizdan oshgan.
Izoh (0)