Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘istonning Chimkent shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to‘r bahslarida chorak final ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.

Foto: olamsport.com

Foto: olamsport.com

Mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi Shymkent Open turnirining asosiy to‘rida o‘zbekistonlik 5 nafar tennischi ishtirok etayotgan edi.

Ulardan ikki nafari chorak finalda kurashni davom ettirish huquqini qo‘lga kiritdi. Sanjar Fayziyev ikkinchi davra bahsida turnirning 6-raketkasi rossiyalik Ivan Gaxovni 6:4, 7:5 hisobida mag‘lub etdi. Beshinchi raqam ostida harakat qilayotgan Temur Ismoilov esa gruziyalik Georgiy Sivadzedan 6:7, 7:6, 6:3 hisobida ustun keldi.

Endi chorak finalda Fayziyev musobaqaning 1-tartib raqamli tennischisi rossiyalik Anton Zaysev bilan hisob-kitob qilsa, Ismoilov to‘rtinchi raketka rossiyalik Yevgeniy Tyurnev bilan munosabatlariga oydinlik kiritadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi