Nazarboyev: Qozog‘iston dunyoda birinchi bo‘lib milliy g‘oyani hujjat sifatida qayd etadi
Qozog‘iston dunyoda birinchi bo‘lib milliy mafkurani muayyan hujjat shaklida qayd etadi, deya xabar bermoqda “TASS” mamlakat rahbari Nursulton Nazarboyevga tayanib.
“Bunday tajriba hech qayerda yo‘q, biz hammadan oldinda bormoqdamiz”, — deya ta’kidladi u Qozog‘iston Xalq assambleyasi XXII sessiyasida nutq so‘zlar ekan.
Nazarboyev tomonidan ilgari surilgan “Mangelik yel” (“Mangu el”) milliy mafkurasi asosida fuqarolar tengligi, mehnatsevarlik, haqgo‘ylik, ilm va ta’limga ehtirom, dunyoviy mamlakat — bag‘rikeng mamlakat qadriyatlari yotadi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar