Xitoyning Guandun provinsiyasi Xeyuan shahrida 19-aprel kuni 43 ta dinozavr tuxumlari taxlami topildi, deya xabar bermoqda “Mashable.com”. Uni ko‘chaning transport yuradigan qismini ta’mirlayotgan ishchilar topib oldi.
Ular bundan qariyb 90 million yil avval yashagan dinozavrlarga tegishli bo‘lgani aytilmoqda.
Xitoyning ushbu shahri dinozavrlar vatani deb ataladi: bu yerda tarixdan ilgarigi kaltakesaklarning tosh qotgan tuxumlari ko‘p bora topilgan.
XXR janubida joylashgan Xeyuan mahalliy muzey sharofati bilan Ginnesning Rekordlar kitobiga kirishga muvaffaq bo‘lgan. Muzeyda dinozavrlar tuxumlaridan iborat eng katta kolleksiya yig‘ilgan.
Izoh (0)