Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhiga ayol kishi boshqaruvidagi Lacetti avtomobili Matiz’ni turtib, keyin mashinalar oqimida g‘oyib bo‘lgani aks etgan video qo‘yildi.
Avtomobil videoregistratoridan yozib olingan lavha muallifining so‘zlariga ko‘ra, Lacetti’ning raqami 01 U 808 RA bo‘lgan. Bamperi va yon tomoniga zarar yetgan Matiz haydovchisi ushbu voqeadan hayratdaligi va Lacetti haydovchisini topishda yordam so‘ragani ma’lum qilingan.
Uning ta’kidlashicha, Matiz haydovchisi va voqea joyi yaqinida turgan YPX xodimi ham Lacetti raqamini eslab qola olmagan, videoyozuvda esa u ko‘ringan. YPX xodimi Lacetti’ni to‘xtatishga uringan, biroq u e’tibor bermay yo‘lida davom etgan.
Xabar ostiga izoh qoldirgan foydalanuvchilarning aksariyati Lacetti haydovchisini keskin tanqid ostiga olgan. Ko‘pchilik YPXga arz qilish lozimligini ta’kidalagan. Ba’zilar esa ayol mashinasi Matiz’ga urilganini sezmaganini taxmin qilgan.
Ma’lumot uchun, yo‘l-transporti hodisasi ishtirokchisi voqea joyini tashlab qochgani uchun eng kam ish haqining 30 baravari miqdorida, ya’ni 3 552 000 so‘mlik jarima belgilangan.
Izoh (0)