Vatikanga uchayotgan Serbiya prezidenti Tomislav Nikolich o‘tirgan Falcon 50 samolyoti uchuvchining qahvasi to‘kilib ketgani tufayli Belgradga qaytishga majbur bo‘lgani aniqlandi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya pravda”.
Serbiya qurilish, transport va infratuzilma vazirligiga uchuvchilar tomonidan berilgan hisobotga ko‘ra, ikkinchi uchuvchi Boyan Zorich tasodifan qahvasini uskunalar paneliga to‘kib yuborgan.
Uni salfetka bilan artayotib, uchuvchi avariya holatiga o‘tkazuvchi dastakka tegib ketgan. Natijada uch dvigateldan biri o‘chib, samolyot pastlay boshlagan. Ekipaj ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot ustidan nazorat tezda qayta tiklangan, biroq baribir Belgradga qaytishga qaror qilingan. Uchuvchi shu zahoti ishdan bo‘shatilgan.
Izoh (0)