Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqichi 5-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” hamda “Al-Hilol” klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Uchrashuvda 1:2 hisobi qayd etilib, mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Birinchi bo‘limda tomonlar darvoza daxlsizligini saqlab qola oldi. Biroq ikkinchi bo‘limda hammasi o‘zgarib ketdi. “Al-Hilol” futbolchilari 57-daqiqada Navaf al-Abidning xatti-harakatlari evaziga hisobni ochdi. 72-daqiqaga kelib, Abdulla al-Dosari chiroyli boshlangan hujumni yakunlab, ikkinchi golga mualliflik qildi.
Aslida mazkur gol o‘yin taqdirini hal qilgandi. So‘nggi soniyalarda Temirxo‘ja Abduxoliqov bitta javob golini urishga erishdi.
Shu tariqa, Vadim Abramov shogirdlari navbatdagi ochkolarni yo‘qotdi va guruhdan chiqish vazifasini yanada og‘irlashtirdi.
OChL, 5-tur
“Lokomotiv” — “Al-Hilol”: 1:2
Gollar: Temirxo‘ja Abduxoliqov (90+5) — Navaf al-Abid (57), Abdulla al-Dosari (72)
“Lokomotiv”: Ma’mur Ikromov, Shavkat Mullajonov, Salim Mustafoyev, Nemanya Yanichich, Ikrom Aliboyev, Sardor Mirzayev, Jasur Hasanov (kichik), Lutfulla To‘rayev, Sanjar Shoahmedov, Jasur Hasanov, Marat Bikmayev.
“Al Hilol”: Holid Sharahli, Abdulla al-Dosari, Tiago Neves, Yosir al-Shahroni, Salmon al-Faraj, Saud Kariri, Kvak Tay Xvi, Navaf al-Abid, Digao, Salim al-Davsari, Muhammad Jahfali.
Izoh (0)