Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi 20 yoshli ikki yigit nimadir sabab bo‘lib, janjallashib qoldi, deb xabar bermoqda “Postda” nashri.
Mushtlashuv jarayonida yigitlardan biri jahliga erk berib, ikkinchisining ko‘krak va oyog‘iga pichoq bilan jarohat yetkazdi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi. Zo‘ravon esa qilgan ishi uchun tergov harakatlariga jalb qilindi.
Izoh (0)