Jasur Abduraimov boshchiligidagi 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tashkil topgan O‘zbekiston terma jamoasi Armaniston bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishga kelishib oldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi axborot xizmati.
O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Armanistonga 25-aprel kuni yetib boradi. 26-aprel kuni mahalliy vaqt bilan 17:00 da O‘zbekiston U-19 – Armaniston U-19 o‘rtasidagi dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Ikkinchi uchrashuv esa 28-aprel kuni soat 17:00 da o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)