AQShning Oklaxoma shtatida joylashgan Talas shahrida mast holatdagi ikki kishining Android yoki Apple smartfoni yaxshiligi ustida tortishuvi qonli mushtlashuv bilan yakunlandi, deb xabar bermoqda The Smoking Gun.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘shnilar Xayro Mendes va Elias Asvedo bu borada 17-aprel kuni avtoturargohda tortishib qolgan. Asvedo pivo shishasi bilan Mendesga zarba bergach, mushtlashuv boshlangan. Ulardan qaysi biri Apple, qaysisi Android ishqibozi ekanligi ma’lum emas.
Ular qo‘lga olinganda qonga botgan va turli jarohatlar olgan bo‘lgan. Shifoxonada ularga kerakli tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Mushtlashuvni boshlagan 21 yoshli Avsedo hibsga olingan. Qurolli hujumdan tashqari u immigratsiya va bojxona qonunchiligini buzganlikda ham gumon qilinmoqda.
Izoh (0)