Xitoy Taypeyi poytaxti Taybe shahrida taekvondo WTF bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar hamda parataekvondo bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. Qit’aning yetakchi sportchilari qatori O‘zbekistonning o‘smir va yoshlari ham Osiyo birinchiligi medallari uchun bahs olib boryapti, deb xabar bermoqda Olamsport.com.
Kecha, 16-aprel kuni kadetlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa yakunlandi. 51 kilogramm vazn toifasida dayanga chiqqan Durdonaxon Abdullayeva bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bir kun avval O‘zbekiston kadetlari 1 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan taqdirlangan edi.
Hozircha O‘zbekiston terma jamoasi hisobida 2 ta kumush, 8 ta bronza medali bor.
Izoh (0)