Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston 2017-yilgacha kimyo sohasidagi ikkita korxona — “Ammofos — Maksam” AJ va “Samarqandkimyo” AJda kompleksli NPK-o‘g‘it ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi, deya xabar bermoqda UzDaily.

Foto: “O‘zkimyosanoat”

Foto: “O‘zkimyosanoat”

Umumiy qiymati 37,1 million dollarga teng ikkala loyiha ham davlat rahbari tomonidan tasdiqlangan 2015—2019-yillar uchun ishlab chiqarishni tuzilmaviy o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturiga kirdi.

“Samarqandkimyo” AJda NPK-o‘g‘it ishlab chiqarish Xitoyning CITIC Construction kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilsa, “Ammofos — Maksam”dagi loyihaga Ispaniyaning Maxam Corp. International S.L. kompaniyasi hamkorlik qiladi.

NPK-o‘g‘it kompleksi turli nisbatlardagi azot, fosfor va kaliyni o‘z ichiga oladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi