Moskva davlat fuqarolik aviatsiyasi texnika universiteti va Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti hamkorlik haqida bitim tuzdi, deya xabar bermoqda “Noviy Vek” “RIA Novosti”ga tayanib.
TDTU rektori Ravshan Saidahmedov aytishicha, bitim ilmiy tadqiqotlar va o‘quv-uslubiy ishlar olib borish, shuningdek malaka oshirish uchun o‘qituvchi va talabalar almashinuvini nazarda tutadi.
Bundan tashqari, hamkorlik yo‘nalishlari orasida xalqaro tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazish, ta’lim dasturlarini va ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlar almashinuvi kabilar bor.
Izoh (0)