Fransiyaning “Umid zanjiri” (“La chaîne de l’espoir”) uyushmasi va uning O‘zbekistondagi hamkorlari – “Sen yolg‘iz emassan” fondi va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bolalar jarrohligi sohasida hamkorlik qilishga kelishib olishdi. Bu haqda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar bermoqda.
“Umid zanjiri” uyushmasi raisi doktor Erik Cheysson, bosh direktori Jan-Rosh Serra va doktor Vladimir Kaviekilardan iborat delegatsiya 8-10-aprel kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Tashrif chog‘ida delegatsiya a’zolari Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazida, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida va akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazida bo‘lishdi.
Shuningdek, sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Asilbek Xudoyorov fransuz delegatsiyasini qabul qildi.
Ma’lumot uchun, Fransiyada joylashgan “Umid zanjiri” uyushmasi dunyoning 30dan ortiq mamlakatlarida og‘ir dardga chalingan bolalarni davolashda ko‘mak berib kelmoqda.
Izoh (0)