Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi Ford avtomobillarini Rossiyada ishlab chiqarish, Rossiya bozorida ushbu rusumdagi avtomobillarni import qilish va uning barcha mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanuvchi Ford Sollers kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Uzbekistan Today xabar bermoqda.

Ford. Foto: Uzbekistan Today

Ford. Foto: Uzbekistan Today

“O‘zavtosanoat” vakillari yaqinda Moskvada bo‘lib o‘tgan XVIII Rossiya avtomobilsozlik forumida ishlab chiqaruvchi va birinchi darajadagi yetkazib beruvchi avtomobilsozlik kompaniyalarning xaridlar bo‘yicha direktorlari bilan muzokaralar o‘tkazishdi.

Xususan, o‘zbekistonlik mutaxassislari PSMA Rus kompaniyasining loyihaviy xaridlar bo‘yicha rahbari hamda rivojlanish va yetkazib beruvchilar sifati bo‘yicha menejeri Aleksandr Smolyankin, shuningdek, Ford Sollers kompaniyasining xaridlar bo‘yicha vitse-prezidenti o‘rinbosari Nikolay Xodosevich bilan yuzma-yuz muzokaralar olib borishdi.

PSMA Rus avtozavodi Kalugadagi “Rosva” texnoparki hududida joylashgan bo‘lib, u yerda 2010-yildan beri PSM Peugeot Citroen Mitsubishi konserni modellari yig‘iladi.

Suhbat davomida “O‘zavtosanoat” vakillari O‘zbekiston avtomobilsozlik kompaniyalari imkoniyatlari haqida axborot berishdi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha PSMA Rus va Ford Sollers kompaniyalari bilan ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqish haqida kelishuvga erishildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi