Samsung Electronics kompaniyasi smartfonlari Apple’ning iPhone smartfonlariga qaraganda elektr magnit to‘lqinlarini ancha kamroq miqdorda ajratadi. CNET’ning fransiyalik tadqiqotchilari bir nechta qurilmalarni nurlanishga tekshirib ko‘rib, bunday xulosaga keldi. Ular ichida eng kam nurlanish tarqatadigani arzon Galaxy Mega bo‘lib chiqdi. Bu haqda “Mobinfo.uz” xabar bermoqda.
Samsung’ning arzon qurilmasidagi SAR (solishtirma yutish koeffitsiyenti)ning eng xavfsiz darajasi 1 kilogrammga 0,142 vattni tashkil etdi. iPhone 6’da esa bu ko‘rsatkich 0,972 Vt/kg ga teng bo‘ldi.
SAR’ning eng yuqori darajasi esa HTC One Mini 2’da aniqlandi — 1,46 Vt/kg. Undan keyingi pog‘onalarni Nokia Asha 503 (1,43 Vt/kg) va Apple iPhone 5s (0,979 Vt/kg) egalladi. Bu borada pastroq ko‘rsatkichlar Samsung Galaxy Note (0,241 Vt/kg), Galaxy S6 Edge (0,334 Vt/kg), LG G3 (0,291 Vt/kg), Blackberry Passport (0,33 Vt/kg) va HTC Desire 620 (0,362 Vt/kg)ga tegishli bo‘ldi.
Izoh (0)