AQSh prezidenti Barak Obama Panamada bo‘lib o‘tayotgan Amerikalar sammitida AQSh va Kubaning yaqinlashuvi G‘arbiy yarimshar tarixidagi o‘ta muhim voqea ekanligini e’tirof etdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“AQShning Kubaga nisbatan yangi siyosati butun mintaqa uchun burilish nuqtasi hisoblanadi. Prezident Kastro va men ushbu forumda birgalikda o‘tirishimizning o‘zi tarixiy vaziyatdir”, − dedi Obama.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqinlashuvdan Vashington va Gavana birdek foyda oladi. Shuningdek, Obama AQSh kelajak haqida o‘ylayotganini va mafkuraga yopishib olmaganini ta’kidladi.
Izoh (0)