Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Barak Obamaning fikricha, Hillari Klintondan “ajoyib prezident” chiqadi. Bu haqda Echo.msk.ru xabar bermoqda.

Foto: AP

Foto: AP

“U mening do‘stim”, - dedi AQSH yetakchisi Amerika sammiti yakunlari bo‘yicha Panamada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Oq uy rahbarining ta’kidlashicha, agar Klinton prezidentlikka nomzod bo‘lish haqidagi qarorini e’lon qilsa, o‘z dasturini aniq bayon qilib bera oladi.

Klinton 2016-yil noyabrida bo‘lib o‘tadigan AQSH prezidenti saylovida davlat rahbari o‘rni uchun kurash olib borishi haqidagi qarorini 12-aprel kuni e’lon qilishi kutilmoqda. Hillari Klintonning bu boradagi videomurojaati ijtimoiy tarmoqlarda tarqatiladi.

Ma’lumot uchun, Hillari Klinton AQSH 42-prezidenti Bill Klintonning turmush o‘rtog‘idir. U Obama ma’muriyati tarkibida 2009-2013-yillarda davlat kotibi lavozimida ish olib borgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi