Qarshi shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 25 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi turnir o‘z yakuniga yetdi. Quvonarlisi, ushbu musobaqada o‘zbekistonlik Sabina Sharipova g‘alaba qozondi, deb xabar bermoqda Olamsport.com.
Ikki set davom etgan final bahsida Sharipova rossiyalik Kseniya Likinani ortiqcha qiyinchiliksiz 6:2, 6:3 hisobida mag‘lub etdi.
Eslatib o‘tamiz, turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan Sabina Sharipova Qarshidagi turnir davomida faqat rossiyalik tennischilardan ustun keldi. U avvaliga Yekaterina Yashinani 4:6, 6:3, 6:0, ikkinchi davrada Lyubov Vasilyevani 6:1, 6:3, chorak finalda Valentina Ivaxnenkoni 6:2, 6:4, yarim final uchrashuvida esa turnirda to‘rtinchi raqam ostida harakat qilgan Anna Pribilovani 7:5, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Izoh (0)