Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi Rossiya, MDH, Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Gruziyada yashovchi Ikkinchi jahon urushi faxriylari, nogironlari va o‘sha davrda voyaga yetmagan asirlari uchun 2015-yil 3-maydan 12-maygacha bepul parvozlar aksiyasi o‘tkazilishini e’lon qildi.
Rossiya ichkarisidagi bepul parvozlardan tashqari, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va nogironi toifasidagi faxriylar Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ukraina, Tojikiston, Latviya, Estoniya, Litva, Moldova, Gruziya, Rossiyadan shu davlatlarga hamda Bolgariya, Vengriya, Polsha, Germaniya, Ruminiya, Serbiya, Xorvatiya, Avstriya va Chexiyaga bepul uchish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Aksiya “Aeroflot” guruhining sho‘ba kompaniyalari reyslariga ham amal qilishi aytilgan. Faxriylarning bir nafar hamrohlariga ham bepul parvoz imkoniyati beriladi. Imtiyozli chiptalarni 2015-yil 7-apreldan 12-maygacha rasmiylashtirish mumkin.
Izoh (0)