Harbiy ko‘mak berish to‘g‘risida qaror qabul qilar ekan, ba’zi mamlakatlar bunday qadamga javoban Rossiya ko‘rishi mumkin bo‘lgan choralar haqida o‘ylab ko‘rishi kerak. Bu haqda Yevroittifoqning Rossiyadagi elchisi Vigaudas Ushchatskas Verslo zinios gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Ushchatskas so‘zlariga ko‘ra, YeI Ukrainadagi iqtisodiy va siyosiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashi, mamlakatni barqarorlashtirishi kerak, biroq bir vaqtning o‘zida “realist bo‘lib, o‘zaro bog‘laydigan umumiy bir narsani topgan holda Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazib, nizoning avj olishini to‘xtatish” lozim.
“Tan olish kerakki, biz Ukraina uchun jang qilib, u uchun jon bermaymiz va borib Rossiyani ham o‘zgartirmaymiz”, — dedi diplomat.
Izoh (0)