Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Yangi Zelandiyaga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. JAR stadionida bo‘lib o‘tgan bellashuvda vakillarimiz raqiblaridan ham mahorat, ham tajriba bobida ustun ekanligini yana bir bor amalda namoyish qildi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.

Foto: championat.asia

Foto: championat.asia

Uchrashuvdagi hisobni “Bunyodkor” futbolchisi Eldor Shomurodov ochdi. Ikkinchi bo‘limning boshidan hisob tenglashgan bo‘lsa ham, O‘zbekiston g‘alaba to‘pini baribir kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘yinning 79-daqiqasida Mirjamol Qosimov jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirdi va O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda ham g‘alabani qo‘lga kiritdi.

O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston U-20 - Yangi Zelandiya U-20 - 2:1

Gol: Eldor Shomurodov 20, Mirjamol Qosimov, 79 — A.Rufer, 48

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar