Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahridaig Abay ko‘chasida joylashgan Korzinka.uz supermarketi yaqinida Nexia rusumli avtomobil ikki kishini urib ketdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari ma’lum qilgan.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Qayd etilishicha, Nexia piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan bir erkak va bir ayolni urib ketgan, ular mashina ustidan oshib tushgan. Shundan keyin ham mashina 15 metrgacha to‘xtamagan.

Oq rangdagi Lacetti haydovchisi jabrlanuvchilarni shifoxonaga olib ketgani ma’lum qilingan. To‘planganlar Nexia haydovchisi bilan ushbu harakati uchun janjallasha boshlaganda YPX xodimlari yetib kelgan. Foydalanuvchilarning qayd etishicha, ushbu hududda svetoforlar yaxshi ishlamaydi, shuningdek, piyodalar qizil chiroqqa yurgan bo‘lishi ham mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Tan olingan kambagʻallik. Hukumat muammoni qanday hal etmoqchi?
Dunyo
Rossiyada urushga borishdan bosh tortgan mahbuslarga qo‘shimcha jazo muddati bilan tahdid qilinmoqda — OAV
Salomatlik
Buyrakda toshlar, gipertoniya: rivojlanishiga birgina tuz sabab boʻladigan 4 ta xavfli kasallik