Xonanda Lola rol o‘ynayotgan so‘nggi filmlarida “Kelgindi kuyov”dagi obrazi singari samimiy ijro ko‘rinmayotganini izohlab berdi. Bu haqda “Bekajon” gazetasi xabar bermoqda.
“‘Kelgindi kuyov’da rol ijro etgan vaqtimda 18 yoshli qiz edim. 18 va 30 yosh orasida farq bo‘lishi tabiiy hol. O‘shanda o‘z yoshimga mos rolni talqin etganman, – dedi Lola. – Keyingi filmlargacha hayotiy tajribam ancha oshdi. Turmushga chiqdim, farzandli bo‘ldim. Yoshim ham ancha ulg‘ayib qoldi, toblandim... Tabiiyki, ming harakat qilganim bilan o‘sha vaqtdagi holatni chiqara olmayman va o‘ynashni ham istamagan bo‘lardim. Chunki ichki olamim bilan talqin etadigan rolimda mos kelmaydigan jihatlari bo‘rtib qolishi mumkin.
Men Parizod burjida tug‘ilganman. Ichki olamimda ziyraklik, boshqacha aytganda ayollarga xos ayyorlik va donishmandlik bor. O‘zim kuchli ayollar rolini talqin etishga qiziqaman.
Ayollarni ojiza deyishadi. Aslida esa ojizligimiz - bizning kuchimiz. Men ayollar kuchli bo‘lishini istayman. O‘zimizni hurmat qilishimiz, sevishimiz va ardoqlashimiz kerak. Shunda atrofdagilarimizdan ham shunday munosabat qaytadi”.
Izoh (0)