Toshkentlik qo‘shiqchi Sardor Milano (Sardor Eshmuhammedov) “Rossiya-1” kanali tashkil etgan “Glavnaya ssena” (“Asosiy sahna”) loyihasining ikkinchi yarim finalida yana sahnaga chiqadi. Bu haqda qo‘shiqchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Sardor barcha muxlislarini ko‘rsatuvni tomosha qilishga va sahnadagi hissiyotlarni birgalikda boshdan kechirishga chaqirdi.
“Glavnaya ssena”ning bugungi soni “Rossiya-1” telekanalida 21:00 da boshlanadi.
Ta’kidlash joiz, loyihada Sardorga rossiyalik taniqli musiqiy prodyuser Konstantin Meladze ustozlik qilmoqda.
Sardor Milanoning ijod yo‘li Toshkentdagi “Olovuddin” bolalar studiyasidan boshlangan. Shundan so‘ng u klassik fortepiano sinfi bo‘yicha teatr kollejida, 2010-yildan boshlab esa Moskva musiqiy bilim yurtida o‘qidi.
Sardor bungacha ham ko‘plab xalqaro tanlovlarda ishtirok etgan. Xususan, “Novaya volna — 2011” saralash bosqichida yarim finalchi, “Yevrovideniye — 2012” tanlovi saralash bosqichida esa finalchi bo‘lgan.
Izoh (0)