“Rossiya-1” telekanalidagi “Glavnaya ssena” (“Bosh sahna”) vokal shousi yarim finalida o‘zbekistonlik qo‘shiqchi Sardor Milano Konstantin Meladze jamoasidan finalchilar uchligiga kirdi.
Sardor “Gladiator” filmidan saundtrek ijro etdi. “Bu haqiqiy mo‘jiza! Qanday qilib odam, erkak bunday kuylay olishiga aqlim yetmayapti”, — dedi Uolter Afanasyev.
Sardor Milanoning ijod yo‘li Toshkentdagi “Olovuddin” bolalar studiyasidan boshlangan. Shundan so‘ng u klassik fortepiano sinfi bo‘yicha teatr kollejida, 2010-yildan boshlab esa Moskva musiqiy bilim yurtida o‘qidi.
Sardor bungacha ham ko‘plab xalqaro tanlovlarda ishtirok etgan. Xususan, “Novaya volna — 2011” saralash bosqichida yarim finalchi, “Yevrovideniye — 2012” tanlovi saralash bosqichida esa finalchi bo‘lgan.