Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buxoro viloyatida eni 10, uzunligi 197 kilometr bo‘lgan saksovulzorlar barpo etilmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.

Buxoro manzaralari. Foto: uzinfoinvest.uz

Buxoro manzaralari. Foto: uzinfoinvest.uz

“Yashil qalqon” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan 197 ming gektar cho‘l daraxtlari shimoli-g‘arb va g‘arb tomondan Qizilqum sahrosiga yondosh kengliklardagi ekinzorlarni tabiiy ofatlardan muhofaza qilishda muhim ahamiyatga ega.

“Yozning ayni chillasida esadigan sahroning issiq shamoli – garmsel dehqonchilikka, ayniqsa, paxtachilikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi, – dedi Buxoro viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi Farhod Jumayev. – U tuproqda nam bo‘lmagan hollarda g‘o‘za guli va ko‘sagini qovjiratadi. Issiq shamol cho‘lga yaqin paxta maydonlari hosildorligining 5-7 sentner kamayishiga olib keladi. Garmsel yo‘liga g‘ov qo‘yish, uning ta’sirini kamaytirish, shuningdek, Orol dengizidan ko‘tarilib, shamol orqali ekin maydonlari uzra yopiriladigan zararli modda va tuzlarning muayyan qismini ushlab qolish va qum ko‘chishining oldini olishda “yashil qalqon” o‘ziga xos ishonchli tabiiy ihota vazifasini o‘taydi”.

“Yashil qalqon” loyihasi doirasida G‘ijduvon, Shofirkon, Peshku, Romitan, Jondor, Qorako‘l, Qorovulbozor tumanlarining sahro hududlari bo‘ylab saksovulzorlar barpo etilmoqda.

Buxoro markaziy davlat o‘rmon xo‘jaligi rahbari Abdurazzoq Boboqulovning ta’kidlashicha, joriy yilning dastlabki uch oyida 2 ming 20 gektar maydonga bir million tupdan ziyod cho‘l ko‘chatlari o‘tqazildi. Bundan tashqari, mazkur maydonlarga saksovul urug‘i ham ekildi. O‘rmon xo‘jaliklarida 71 gektar maydonda nihol yetishtirilayotgani, kuzda esa pishgan saksovul urug‘i yig‘ishtirilib, zaxira yaratilgani ishning muvaffaqiyatini ta’minlamoqda.

Buxorolik o‘rmonchilar “Yashil qalqon” loyihasini kuzda davom ettirishga ham puxta tayyorlanmoqda. Rejaga ko‘ra, noyabr-dekabr oylarida 6000 gektarga yaqin maydonga saksovul ko‘chatlari ekiladi.

Loyihaga kirishilgandan buyon o‘tgan qariyb 14 yil vaqt mobaynida jami 81,5 ming gektar maydonda “yashil qalqon” barpo etildi. Bu ish davlat byudjeti va xo‘jaliklar mablag‘lari hamda viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining homiyligi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi