Xonanda Guli Asalxo‘jayeva Instagram ijtimoiy tarmog‘iga opasi Mavluda Asalxo‘jayevaning turk estradasi yulduzi Serdar O‘rtach bilan tushgan suratini joyladi, deb xabar beradi “Darakchi” nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Serdar O‘rtach va Mavluda Asalxo‘jayeva potaxtdagi to‘ylarning birida uchrashib qolgan. Ko‘pchilikka ma’lum, Mavluda Asalxo‘jayeva Serdar O‘rtachning bir qancha qo‘shiqlarini o‘zbek tilida kuylagan va buning uchun turk xonandasining o‘zidan ruxsat olganini takidlagan. “Yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda uning yana bir qo‘shig‘ini o‘zbek tilida kuylashga kelishib oldik”, – dedi xonanda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Mavluda Serdar O‘rtachga birgalikda duet kuylash taklifini bergan. Buni rad etmagan O‘rtach esa Mavludani Turkiyaga taklif qilgan.
Izoh (0)